UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq çempioni irlandiyalik Konor Makgregor rossiyalik Xabib Nurmagomedovdan revanş oliş istagi haqida gapirdi.
«Jang yaxşi böldi. Ammo men uni şarmanda qilmoqçi edim. Endi revanş jang istayman», — deya yozgan Makgregor öz tvitterida.
Xabib Nurmagomedov jangning törtinçi raundida Makgregorga qarşi böğiş uslubini qöllab, ğalabaga erişdi.
Jang yakunida doğistonlik oktagondan sakrab çiqdi va irlandiyalik raqibining murabbiyi Dillon Dennisga taşlandi. Xuddi şu vaqtda uning jamoasi a'zolari oktagon içiga kirib Makgregorning öziga hujum qilişdi. Janjal politsiyaçilar aralaşuvi bilan töxtatildi.
Hozirda Nevada ştati sport komissiyasi uşbu holat böyiça tekşiruv olib bormoqda.
Oxirgi xabarlarga köra, qoidalarni buzgani uçun Xabib Nurmagomedov diskvalifikatsiya qilinişi va çempionlikdan mahrum qilinişi mumkin. Şuningdek, unga jang uçun tölanişi kerak bölgan gonorar tekşiruv yakunlanguniça muzlatib qöyilgan.













