Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Amerika tomonini qarama-qarşilik yölidan bormaslikka çaqirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uçraşuvda Van I mamlakatlar örtasida sönggi paytlarda savdo sohasida qarama-qarşiliklar soni köpayganiga e'tibor qaratdi. Uning qayd etişiça, Xitoy qonuniy manfaatlari va huquqlari, şuningdek, Xitoy-Amerika munosabatlari Qöşma Ştatlar tomonining harakatlaridan zarar kördi.

«Biz Amerika Qöşma Ştatlari notöğri sözlar va harakatlardan darhol töxtaşini talab qilamiz», - dedi Van I.

Uning qöşimça qilişiça, mamlakatlar keskinlik va qarama-qarşilik yölidan bormasligi kerak.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pompeo AQŞ Xitoy bilan qaysi sohada hamkorlik qilmoqçi ekanini aytgandi.