Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In AQŞ boş kotibi Mayk Pompeo bilan uçraşuvda Pungiri yadroviy poligoni yöq qilinganini tasdiqladi va bunga işonç hosil qiliş uçun mamlakatga inspektorlarni taklif qildi.

Ma'lum qilinişiça, tomonlar AQŞ prezidenti va Şimoliy Koreya yetakçisi örtasida bölib ötajak ikkinçi sammitni muhokama qilişgan va “uning ötkazilişi joyi hamda sanasi variantlari”ni aniqlaştirib olişgan. 

“Davlat kotibi Pompeo va rais Kim barça guruhlarga Singapur bayonotidagi bandlarni amalga oşiriş maqsadida qolgan masalalarni muhokama qiliş uçun yaqin orada uçraşuv ötkazişni topşirişga kelişib olişdi”, deb aytilgan xabarda.

Uçraşuvda, şuningdek, AQŞning Şimoliy Koreya böyiça maxsus vakili Stiven Bigun, Koreya işçi partiyasi markaziy qömitasi direktori birinçi örinbosari Kim Yo Çen iştirok etgan.