«Barselona» hujumçisi Lionel Messi Primeraning 8-turi doirasida «Valensiya»ga qarşi keçgan bahsda (1:1) jamoasining yagona goli muallifi böldi.

Argentinalik futbolçi 23-daqiqada Luis Suares bilan kombinatsiyadan söng jarima maydoni yaqinidan turib raqib darvozasini işğol etdi va hisobni tenglaştirdi.

Opta`ning ma'lum qilişiça, Messi Ispaniya çempionatining oxirgi 10 ta mavsumidan buyon 57 ta golini jarima maydoni taşqarisidan turib kiritgan. Bu körsatkiç böyiça u Yevropaning kuçli beşlik çempionatlari içida yetakçi futbolçi bölib turibdi.

La Liganing uşbu mavsumida 31 yoşli hujumçi 8 öyinda maydonga tuşib, 6+4 mahsuldorlik körsatkiçini qayd etgan.