«Metallurg» - «Paxtakor» - 0:11. Bu Superliga doirasidagi uşbu klublarning özaro 3ta öyinida qayd etilgan umumiy hisob. Bu «Metallurg» tomonidan bitta otaliqqa ega homiydoş klubi «Paxtakor»ga «sovğa» qilingan 9 oçko deganidir. «Dalil, isbot qani?» deb boşimni qotirmay turing - Toşkent va Bekobod klublari örtasidagi öyin atrofidagi «öyin»lar şu daraja ğalati köriniş oldiki, PFL qoşidagi «Kelişilgan öyinlarga qarşi» komissiyasi (agar mavjud bölsa) hali öyin videosi u yoqda tursin, maqolamizdagi faktlar bilan ham «Metallurg» - «Paxtakor» özaro uçraşuvlari borasida iş oçişga asoslari yetarli.

Bekoboddagi «gollar-şousi»

Keling, avvalo «Metallurg» va «Paxtakor» örtasidagi Superliga doirasidagi öyinlarga e'tibor qaratamiz. Dastlabki özaro rasmiy uçraşuv 7-tur doirasida keçib, «Paxtakor» safarda «Metallurg» ustidan 5:0 hisobida zafar quçgan. (8 fevralda mavsumga tayyorgarlik jarayoni davomida «Paxtakor» «Metallurg» bilan nazorat uçraşuvi ötkazib, 8:3 hisobida ğalaba qozongandi.)

Superliga. 7-tur. 19 aprel. Bekobod
«MeTALLURG» – «PAXTAKOR» - 0:5
«Metallurg»: Zafar Safayev, Şahzod Şaymanov, Islombek Isoqjonov (Abror Toşqöziyev, 84), Jasur Hasanov, Dilyorbek Ermatov, Şerzod Fayziyev, Muhammad Isayev (Andrey Şipilov, 84), Abror Xusinov, Zafar Törayev (Zohid Abdullayev, 66), Pavel Smolyaçenko, Pavel Purişkin.

Bir qaraşda natija «Paxtakor»ning «Metallurg»dan bir boş balandligini körsatar, ammo Bekobod klubining uşbu bahsga nisbatan yondaşuvi şubha-gumonlarni uyğotadi. Mezbonlar boş murabbiyi Andrey Şipilov aynan özining sobiq jamoasi «Paxtakor»ga qarşi ğalati qarorlarni qabul qilgan:
1-şubha: «Metallurg» asosiy tarkibida ilk marta Pavel Purişkin Superligada maydonga tuşirilib, 90 daqiqa öynagan. Purişkin sönggi 8 yil içida ilk marta özbek klubi safida debyut öyinini ötkazgan.
2-şubha: 7-turgaça doim zaxirada qolgan Dilyorbek Ermatov aynan «Paxtakor»ga qarşi ilk bor asosiy tarkibga tuşirilgan va 90 daqiqa töp surgan.
3-şubha: «Metallurg» asosiy tarkibida 19 yoşli Abror Toşqöziyev ilk marta maydonga tuşirilgan. Bungaça u Superligada umuman öynamagan.