Ikki yil sarhisobi

Dastlab közga taşlanadigani — Prezidentning oqargan soçi. Ha, u lavozimga keliş paytida mamlakat bus-butunligiça muammolardan tarkib topgan kalavani eslatib, uning uçini topişni xayol qilişning özi har qanday kişining soçini oqartirişga qodir edi. Ammo yangi prezidentga jur'at va ğayrat ulaşişning hojati yöq edi — birinçi kundanoq u eski tartiblarni özgartirişga kirişdi.

Muammo şunda ediki, jur'atning ulkanligi bilan bir qatorda istaklarni röyobga çiqariş uçun kerak bölgan kontseptual asboblarning yöqligi yaqqol közga taşlanib qoldi. Natijada, xalq xöjaligini tartibga keltirişga urinişlar maqsadga teskari harakatlar bilan aralaşib ketdi. Ijtimoiy, iqtisodiy va hatto ma'naviy sohalarni erkinlaştirişga qaratilgan mutlaqo mantiqli çoralar ba'zi eskirib qolgan çoralar bilan qorişib ketdi. Nega bunday?

Nega bunday?

Hammasiga sabab — özimizning fikrlaş uslubimiz.

100 yillik yangi tarix yer quruqligining kattagina qismida yangi bir formatsiyani yuzaga keltirdi. Leninning daholigi şunda ediki, u yangi dunyoqaraşni yuzaga keltirgandi. Bu dunyoqaraşni öziga olgan kişilar keyinçalik özgaça bir şaxsiy xususiyatlarga, alohida atributlariga ega böldilar. Aynan şu şaxsiy xususiyatlar, dunyoqaraş mazkur quruqlik kengligida yuz bergan hodisalarni 70 yil davomida belgilab keldi. Va bu bizning umum fojiamiz edi.

Bu «atribut»lar haqida suhbat qilişga urinib köramiz.

Iqtisodiyotdan boşlab odamlarning ongigaça — hammasini qölbola boşqarib turiş ğoyasi va bu ğoyani amalga oşirişga qaratilgan inqilobçilarning qat'iy harakatlari ijtimoiy qöşniçilikning yangi şaklini va buning natijasi ölaroq özgaça xususiyatlarga ega «yangi odam»ni yuzaga keltirdi. Aynan şu xususiyatlarni tasniflaş va anglaş mavjud voqeligimizni, fojialarimizni yaxşiroq tuşunişimizga yordam beradi va eng muhimi — har birimiz u yoki bu darajada tutqun bölib turganimiz — Lenin gipnozidan qutulişimizga yordam beradi. Ketdik.

Leninning «inqilob ommasi» ongiga yuborgan birinçi, ta'limotining çuqur mağzini belgilab turuvçi yöllanmasi — insoniyat ongida şakllangan haq-huquqlar tizimini inkor etiş edi. Haq-huquqlarni inkor etiş virusining odamlar ongida örnaşişi mavjud voqeligimiz zamirida yotgan köplab hayratomuz fenomenlarni tuşuntirib beradi.

Şaxsiyatni öldiriş

«Huquq» tuşunçasi «şaxsiyat» tuşunçasi bilan çambarças boğliqdir.