Yoşlar ertamiz közgusi. Ularning kelajagi butun bir millatning şirin taşvişidir. Hozirda barça jabhada yoşlar masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa yoşlar örtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini oliş uçun bir qator taşkilot va idoralar mas'ul etib belgilangan.

Özbekiston yoşlar ittifoqi, Toşkent şahar hokimligi va Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi, Toşkent şahar Xalq ta'limi boş boşqarmasi hamda Toşkent şahar Prokuraturasi hamkorligida “Şu Vatanga bordir mening keragim!” loyihasi işlab çiqildi. Mazkur loyiha doirasida Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar yoşlar markazida Içki işlar idoralarida profilaktik hisobda turuvçi voyaga yetmaganlar, nosoğlom oila farzandlarini hisobdan çiqariş uçun Içki işlar profilaktik hisobida turuvçi voyaga yetmaganlar bilan davra suhbati ötkazildi.

Unga yuqori malakali psixologlar va imom xatiblar jalb qilingan holda Içki işlar profilaktik hisobida turuvçi voyaga yetmagan öquvçi-yoşlar bilan yakka tartibda suhbatlar taşkil etildi. Iştirokçilarning dunyoqaraşi, jamiyatdagi ijtimoiy faolligi örganilib, yakuniy xulosalar asosida Içki işlar idoralaridagi profilaktik hisobdan çiqarişga tavsiya beriladi.

Farzand ota-onaning közgudagi aksi. Ulardagi har qanday illatning ildizi tarbiyaga borib taqaladi. Ota-onadagi illat farzandga “Kuçli virus”dek tez yuqadi. Çunki farzand köz öngida uning ota-onasi ideal inson sifatida gavdalanadi. Kattalarning xatti-harakatlaridagi xatoliklarni ham töğrilikka yöyib, özi amalda qöllab köradi. Nosoğlom muhitda notöğri tarbiyalanib boraveradi. Oqibatda turli xil köngilsizliklar kelib çiqadi, — deydi Toşkent şahar Içki işlar Boş boşqarmasi xodimi Abduraşid Oçilov. — Agar bola tarbiyasiga töğri yondaşilib, uni yoşligidan haqgöylikka, öqişga, mehnatkaşlikka örgatib borilsa, u öz-özidan barkamol avlod sifatida voyaga yetadi.

“Şu Vatanga bordir mening keragim!” loyihasi davomida 12 oktabr kuni “Yoşlar markazi”da Içki işlar profilaktik hisobidan çiqarilgan öquvçi yoşlar hisobdan çiqarilganlik haqidagi maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanib, ma'naviy-ma'rifiy dasturda qatnaşişadi. 13 oktabr kuni ularning Samarqand şahriga sayohati uyuştiriladi.











