Ilgari qöl soati uning egasining yuqori mavqega egaligidan darak beradi deb hisoblanar va vaqtni bilib turiş uçun qulay vosita edi. Ammo texnologiyalar davriga kelib barçasi özgardi va sahnaga yangi öyinçilar çiqib keldi.

Mana tört yildirki, Apple soatsozlik sanoatida yetakçilikni qöldan bermay kelmoqda. Kompaniya qanday qilib bu öyinda Şveytsariya ustidan ğalaba qozondi?

Bugungi soatlarni eslatadigan ilk soat nyurnberglik slesar Petr Genleyn tomonidan 16 asrda öylab topilgan. Çöntak soati öşa davrlarda faqatgina oliymaqom aslzodalarda bölgan.

Söngra taşabbusni Buyuk Britaniya qölga oldi. Muvozanat spirali, yurgiziş mexanizmi va xronometr tufayli Britaniya 18 asrda eng yaxşi soat işlab çiqaruvçi maqomini oldi. U işlab çiqargan soatlar vaqtni aniq körsatar, ammo juda qalin edi.

Bugun biz biladigan soatlar esa şveysariyalik soatsoz Abraxam-Lui Brege tomoniddan yaratilgan. Buyuk Britaniya aniqlikka e'tibor qaratgan bölsa, Şveytsariya uslubga e'tibor berdi. Tez orada Longines, IWC Schaffhausen va Rolex dunyoning eng yaxşi soatlariga aylandi.

Kvarts inqirozi

Şveytsariya işlab çiqarişning an'anaviy uslublarini saqlab qolgan bir paytda Yaponiya innovatsion fikrladi. 1969 yilda Yaponiyaning Seiko kompaniyasi birinçi kvars qöl soatlarini namoyiş etdi. Bu soatsozlikda yangi inqilob böldi.

Foto: Retroland

Soat işlab çiqariş uçun xarajatning kamayişi butun dunyoda soatlar narxi tuşişiga olib keldi va Şveytsariyada bu sanoat 60 mingdan ortiq iş örnini yöqotdi. 1982 yil oxiriga kelib butun dunyo böyiça mingga yaqin soatsozlik kompaniyalari yopildi. Bu davr kvars inqirozi deb ataladi.

Bu inqirozdan çiqiş uçun Şveytsariya qandaydir yangilik öylab topişi lozim edi. Şunda Nikolas Xayyek Swatch Group kompaniyasiga asos soldi.  

Swatch ajoyib plastik soatlar işlab çiqara boşladi. Endi soatlar vaqtni körsatiş emas, moda vazifasini bajara boşladi. 

Aqlli soatlar davri