00:17 / 10.10.2018
13207

Dunyo okeani sathi inson faoliyati sababli 15 metrga ko‘tarilishi mumkinligi aytildi

Agar issiqxona gazlarining atrof-muhitga chiqarilishi yuqori darajada qolsa, dunyo okeani sathi 2100 yilgacha 2,4 metrga, 2300 yilga kelib esa 15 metrga ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda Rutgers universiteti iqlimshunoslari tadqiqotida aytilgan. 

Dunyo okeani sathi oshishi orol davlatlar va sohilbo‘yi hududlari suv ostida qolishi bilan xavf soladi. Olimlarning ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda bunday xatar hududlarida sayyoramizning 7,6 mlrdlik aholisining 11 foizi joylashgan. Bu odamlar dengiz sathidan 10 metrdan kamroq balandlikda yashaydilar.

Tadqiqotchilar olib borilgan kuzatishlar asosida iqlim modelini tuzib, agar issiqhona gazlari chiqarilishi hajmi yaqin orada kamaymasa, qutblarda muzliklarning erishi toshqinlar va butun boshli shaharlarning suv ostida qolishiga olib keladi.

1993 yildan beri Dunyo okeani sathi 77,1 mmga yoki yiliga 3,1 mmga oshgan. Bunga haroratning global oshishi sabab bo‘lgan. Bu Grenlandiya va Antarktikada muzliklar erishiga olib kelgan.

Yaqinda Arktikadagi eng qalin muzlik harorat o‘zgarishlari sababli parchalana boshlagani ma'lum bo‘ldi. Mutaxassislar bunga Shimoliy yarimsharda haroratning keskin o‘zgarishini sabab deyishmoqda.   

Mavzuga oid
Top