Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qo‘shadigan hissasi ortadi
Prezident farmoni bilan respublikaning global miqyosda issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga qo‘shayotgan hissasini yanada oshirish choralari belgilangan.
Uglerod birliklarining xalqaro bozorida ishtirok etish tartibini joriy etishning asosiy vazifalari:
• 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot birligida issiqxona gazlari emissiyasini 2010 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 35 foizga qisqartirish;
• issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish bo‘yicha respublikaning imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatni uglerod birliklarining xalqaro bozoriga chiqishini ta’minlash.
Uglerod birliklarini ishlab chiqarishga O‘zbekistonning milliy ulushi darajasida belgilangan faoliyat turlariga muvofiq ruxsat beriladi.
Bunda, xalqaro moliyaviy ko‘maklashish mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan: birliklarining faoliyat turlariga ustuvorlik beriladi. Uglerod birligidan:
20 foiz hajm O‘zbekistonning uglerod birliklarini sotishga qaratilgan barcha loyihalar doirasida issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish bo‘yicha majburiyatlarini bajarish va uglerod birliklarini belgilangan me’yordan ortiq sotish xavfini kamaytirish uchun saqlab qolinadi (overselling risk), shuningdek, yuqoridagi hajmni xalqaro savdolarga qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi;
hajmning 80 foizi uglerod birliklarini xalqaro bozorda sotish uchun yo‘naltiriladi, davlat tashkilotlari va korxonalari ishtirokida (buyurtma bo‘yicha) DXSh shaklida yoki boshqa shaklda amalga oshirilgan xorijiy va mahalliy investorlar bilan loyihalar natijasida hosil bo‘lgan uglerod birliklari bundan mustasno;
davlat ishtirokidagi loyihalar doirasida sotishga yo‘naltiriladigan uglerod birliklari hajmi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni jalb qilish va uglerod birliklarini sotishdan tushumlarni taqsimlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
har bir uglerod birligi uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda davlat budjetiga yig‘im undiriladi.
Uglerod birliklari bilan bog‘liq operatsiyalar hisobini yuritish Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2026 yil 1 yanvardan boshlab joriy etiladigan Milliy uglerod birliklari reyestri orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
10:00 / 13.04.2026
Oliy ta’limda milliy tadqiqot universitetlari tashkil etiladi
10:11 / 08.04.2026
“Mening bog‘im” loyihalariga deputatlar aralashuvi kuchaytiriladi
09:45 / 07.04.2026
O‘zbekistonda “spin-off” korxonalari tashkil etiladi
10:05 / 01.04.2026