Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi
«Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Qonunga ko‘ra, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- davlat hisobini yuritish;
- maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash;
- issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash.
Shuningdek, qonunga ko‘ra, yuridik shaxslar, YaTT va jismoniy shaxslar «yashil» loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega.
O‘zbekiston hududida amalga oshiriladigan «yashil» loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan to‘liq tasarruf etiladi.
«Yashil» loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritiladi.
Bundan tashqari, Qonunda «yashil» loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan «yashil» loyihani bajarish natijasida hosil bo‘lgan uglerod birliklari verifikatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
20:35 / 08.09.2025
Avtomobillar uchun ekostikerlar joriy etish yana kechiktirildi
21:07 / 28.08.2025
Avtomobillar rangi shahardagi havo haroratini oshirishi mumkin – tadqiqot
20:07 / 23.08.2025
Jizzaxda ikki tup archani ildizi bilan sug‘urib olgan shaxsga qariyb 16 mln so‘m jarima solindi
09:52 / 21.08.2025