2018 yil 10 oktabr kuni Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt şahrida an'anaviy “Frankfurt Buchmesse” xalqaro kitob körgazmasining tantanali oçiliş marosimi GFR prezidenti Ştaynmayr, diplomatik korpus vakillari, elçilar, şuningdek, köplab xorijiy davlatlardan taşrif buyurgan noşir va matbaaçilar iştirokida bölib ötdi.

Mazkur yirik ma'rifiy festivalda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yetakçi naşriyot-matbaa korxonalaridan tarkib topgan Özbekiston matbuot va axborot agentligi boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi noşirlarimiz hamda matbaaçilarimiz erişgan yutuqlari aks etgan taqdimotlar bilan qatnaşmoqda.

- Körgazmada Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi “Özbekiston”, “Öqituvçi”, Ğafur Ğulom, Çölpon nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uylari, “Özbekiston Milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy naşriyoti, “Şarq” naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, “Yangi asr avlodi” naşriyot-matbaa markazi, “Ma'naviyat” naşriyot-matbaa uyining 500 ga yaqin Özbekistonning turli sohalarda erişayotgan yutuqlari aks ettirilgan kitob-albomlar, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti va badiiy asarlari namoyiş etilayotir, - deydi ÖzMAA boş direktori, Özbekiston delegatsiyasi rahbari Laziz Tangriyev. - Mazkur tadbirda iştirok etişdan közlangan maqsad Özbekistonning noşirlik va matbaaçilik sohasidagi yutuqlari, naşriyotlarning matbaa mahsulotlarini Yevropa mamlakatlarida tarğibotini taşkil etiş, mahsulot eksportini yölga qöyiş, uşbu yönalişda jahonning ilğor tajribalarini örganiş va hayotga tatbiq etişdir.

Foto: Özbekiston Matbuot va axborot agentligi 

“Özbekiston” milliy pavilonida yurtimiz tarixi va buguni, özbek milliy urf-odat hamda an'analari aks etgan namunalar keltirilgan. Hunarmandlarimiz tomonidan tayyorlangan bejirim buyumlar iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotmoqda. Pavilondagi monitorda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan naşriyot-matbaa ijodiy uylar faoliyatiga bağişlangan videorolik muntazam namoyiş etiladi.

Özbekiston delegatsiyasi vakillari körgazmada samarali iştirok etmoqda. Xususan, özbek noşirlari Rossiyaning “Flamingo”, Polşaning “Book institute”, Eronning “Shahrestan”, Belgiyaning “Caramel”, Buyuk Britaniyaning “Account executive”, “Sweet Cherry Publishing”, Avstriyaning “TBC global”, Qatarning “Lusail” singari önlab naşriyotlar bilan kitob mahsulotlarini çop etiş yuzasidan mualliflik huquqini sotiş, sotib oliş va tarjima qiliş böyiça qator kelişuvlarga erişdi.