Xitoy oktabrdayoq dunyodagi eng yirik gaz importçisiga aylanişi va bu borada Yaponiyani ortda qoldirişi mumkin. Bu haqda Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotix Birol ma'lum qildi. 

“Tabiiy gaz bozori transformatsiyalaniş davrini boşdan keçirmoqda. Bunda uçta muhim holat bor. Birinçidan, Xitoy. U gaz bozorida asosiy öyinçiga aylaniş uçun ulkan qadamlar taşlamoqda”, deb aytgan Birol Londondagi Oil & Money Conference anjumanida.

Birolning aytişiça, Xitoy oktabrda yoki noyabrda dunyodagi eng yirik gaz importçisiga aylanadi.

Mutaxassisning ta'kidlaşiça, ikkinçi muhim holat AQŞ tomonidan suyultirilgan tabiiy gaz işlab çiqarilişi hajmi oşişi bölmoqda. Agentlikning baholaşiça, keyingi 5 yilda AQŞ hisobiga bozorda suyultirilgan tabiiy gaz taklifining 75 foiz ösişi töğri keladi. Şu tariqa AQŞ Qatar va Avstraliya bilan bir qatorda suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beruvçilarning yetakçi uçtaligiga kiradi.  

“Uçinçidan, gaz iste'moli haqida gapirganimizda, darhol sanoat sektori haqida öylaymiz. Sanoat sektori gazga talab ösişining asosiy sababçisi hisoblanadi”, deb aytgan Birol.

Şu bilan birga Xalqaro energetika agentligi rahbari gazga talabning oşişi xavflari mavjudligidan ogohlantirgan.