Xitoyning Xubey viloyatidagi sement zavodida işlovçi 43 yoşli erkak boşida mix topildi. Erkakni bir hafta boş oğriği qiynab kelgan. Erkak şifokorga murojaat qilganda, unga kompyuter tomografiyasi tayinlangan.

Natijalar köpni körgan şifokorlarni ham, bemorning özini ham hayratlantirgan: erkakning boşida 48 millimetrli mix borligi aniqlangan. E'tiborlisi, erkakning qolgan hayotiy körsatkiçlari, misol uçun, qon bosimi me'yorda bölgan.

Erkak mix boşiga qanday kirib qolgani sababini bila olmagan.

“Mix boşimga qanday kirib qolganidan mutlaq bexabarman. Men zavodda videokuzatuv kameralariga qarayman va işim mixlar bilan heç qanaqasiga boğlanmagan”, deb hayron bölmoqda erkak. 

Ta'kidlanişiça, erkakning boşidagi mix jarrohlik yöli bilan olib taşlanadi.