Yakkakuraş jangçisi Konor Makgregor rossiyalik Xabib Nurmagomedov bilan jangdan keyin bir oyga janglardan çetlatildi.
Daily Mail naşrining xabar berişiça, şifokorlar irlandiyalikka 6 noyabrgaça ringga tuşişni taqiqlab qöyişgan. Ta'kidlanişiça, Makgregor şundoq ham yaqin bir oy içida jang ötkazişni rejalaştirmagan.
Makgregorning Nurmagomedov bilan jangdan keyingi janjaldagi harakatlarida qoidabuzarlik topilsa, u uzoqroq muddatga çetlatilişi ham mumkin.













