Oliy ta'lim muassasasi professor-öqituvçilar tarkibining öquv yuklamasi hamda öquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-şogird” işlarini belgilaş qoidalarini tasdiqlaş töğrisidagi buyruq Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi, deb yozmoqda vazirlik kanali.

Uşbu hujjat bilan Oliy ta'lim muassasasi professor-öqituvçilar tarkibining öquv yuklamasi hamda öquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-şogird” işlarini belgilaş qoidalari tasdiqlandi.

Professor-öqituvçilarning öquv (ma'ruza, amaliy (yakka), seminar va laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam bölmasligi tavsiya etildi. 

Bunda, ma'ruza maşğulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bölgan professor-öqituvçilar tomonidan ötkazilişi lozim.

Bordi-yu, ma'ruza maşğulotlari hajmi köp bölganda yoki professor, dotsent va katta öqituvçilar yetarli bölmaganda oliy ta'lim muassasasi Kengaşining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik iş stajiga ega bölgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bölmagan öqituvçilarga bir öquv yilida 250 soatgaça hajmda ma'ruza maşğulotlarini ötişga ruxsat beriladi.