
Soç tökilişi qariş bilan boğliq bölgan tabiiy jarayon bölişiga qaramay, dunyoga maşhur “Medical News Today” jurnali ma'lumotlariga köra, ayni davrda dunyo böylab 50 foiz erkaklar biron bir turdagi soç tökilişi vajidan aziyat çekmoqda. Albatta, ayni davrda siz ham öz soçlaringizning siyraklaşib qolganidan xavotirdadirsiz, lekin könglingizni xotirjam qiliş uçun aytişimiz mumkinki, inson öz soçlarining 50 foizidan köproğini yöqotmaguniça, boşqalar nazarida u inson “kal” sifatida körinmaydi.
Hali ham vaqt va imkon bor!
TM Minox mutaxassislari sizga soç tökilişining juda oddiy, lekin asosiy va muhim sabablarini aytib ötadilar.

Stress
Biron holatdan xavotirlaniş yoki siqiliş. Aksariyat hollarda, örta yoşdagi insonlarda soç tökilişiga davomiy uyqusizlik, depressiya yoki asabiylaşiş sabab bölişi mumkin. Bularning hammasi soç tolalarining ösişini sekinlaşişiga yoki umuman töxtaşiga olib keladi. Bunda soç follikullari butunlay ölgandan keyin, ya'ni siqilişdan bir neça hafta ötgandan keyin tökilişni boşlaydi. Şu sababli, psixik va emotsional holatga alohida e'tibor qaratiş, asabiylaşişga sabab böladigan har xil holatlardan va kayfiyatga salbiy ta'sir körsatadigan omillardan qoçiş soç tökilişining oldini oliş uçun juda ham zarur hisoblanadi. Batafsil...

Notöğri ovqatlaniş
Tanamizda oziq moddalarning yetişmasligi soç tökilişining yana bir asosiy omillaridandir. Köpgina yoşlar parhez qiliş maqsadida yoki oşqozon muammolari sababidan göşt mahsulotlaridan özlarini tiyadilar. Oqsillar soçlar hayotiyligining asosiy manbai hisoblangani bois göşt va göştga muqobil ozuqalar bilan, avvalo, doimiy özimizni va soçlarimizni oziqlantirib turişimiz zarur. Umumiy holda, kişi organizmi yetarliça vitaminlarni qabul qilmasa, albatta, buning asorati tezdagina soç, tirnoq, tiş kabilarda özini namoyon etadi. Batafsil...
Jigar muammolari
Inson jigarining soğlomligi kişi husnini belgilovçi omildir. Inson jigari faoliyati va inson terisidagi “sebum”, ya'ni terini yoğlab turuvçi modda darajasi örtasida boğliqlik mavjud. Inson yoşi ötgani sari, jigar faolligi sustlaşib boradi. Bu sustlaşiş töğri ovqatlanmaslik, alkogol iste'moli, dori vositalari iste'moli, çekiş va ifloslangan havodan nafas oliş ta'sirida yanada kuçayib boradi. Şuning uçun, inson jigari muammolarining daf etilişi, öz örnida teri va soç soğlomligini kafolati bölib xizmat qiladi.
Toksinlar
Toksinlar nima? Bular past darajadagi konsentratsiyalarda tanaga zarar yetkazadigan biologik yoki kimyoviy moddalardir. Metall toksinlar hozir juda keng tarqalgan. Toksik ta'sirlarning eng keng tarqalgan manbalaridan biri bu ommaviy ifloslanişdir. Havo ifloslanişidan, ayniqsa, soç follikullari aziyat çekadi: soçlar noziklaşadi va sinuvçan bölib qoladi. Tadqiqot natijalari, sönggi ming yillikda ayollar soçlarining tökilişi şaharlararo tarqalgan toksinlar bilan bevosita boğliqligini körsatmoqda. Tutun, qörğoşin, nikel va oltingugurt dioksidi kabi toksinlarning aksariyat turlari ta'siri şahar aholisiga qimmatga tuşmoqda.
Sigaret tutunidagi toksinlar teriga, tirnoqlarga, tişlarga va hatto soç ösişiga katta ta'sir körsatadi. Aniqroq aytganda, soğlom soçlarga erişiş uçun uşbu odatni imkon qadar tezroq yöq qilinişi tavsiya etiladi.
Boş terisidagi qon aylanişining sustligi
Soç ösişi uçun ozuqa moddalari zarur va uşbu ozuqa moddalari boş terisiga kapillyar mayda qon tomirlari orqali yetkaziladi. Agar kiçik kapillyar qon tomirlari orqali soçga ötadigan qon miqdori kamaysa, soçni yaralişida zarur bölgan moddalar ham kamayadi. Öz-özidan qon oqimining kamayişi soçlarning tezkor qarişiga sabab böladi. Bu holatni inson qarigan sari uning terisi kapillyarlarida qon kamayişi natijasida soçlari tökilişi bilan ham tuşuntiriş mumkin. Çekiş, atrof-muhit ta'sirlari, notöğri ovqatlaniş va boşqa omillar boş terisidagi qon hajmini kamaytiradi. Asosiy qarşi çora sifatida sport bilan şuğullaniş, boş terisini massaj qiliş kabilarni qöllaş mumkin.
Bundan taşqari soç tökilişiga irsiyat, kamqonlik, ba'zi turdagi dori vositalarining muntazam iste'moli, atrof-muhitning agressiv omillari ta'siri, qalqonsimon bezning turli kasalliklari ham sabab bölişi mumkin.
Agar Sizga soçlar böyiça şifokorning yordami zarur bölsa, TM Minox mutaxassislari +99895 142 08 01; +99895 143 08 01; +99871 200 08 01 raqamlari orqali Sizga özlarining BEPUL tavsiya va yöllanmalarini berişga tayyor!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va soç yeçimlari böyiça eng yangi ma'lumotlardan xabardor böling:
TeLeGRAM, FACEBOOK, ODNOKLASSNIKI, INSTAGRAM
Telegram buyurtma: TeLeGRAM
Elektron poçta: [email protected]
BIZ SIZGA KÖMAK BeRIŞDAN MAMNUNMIZ.
Reklama huquqi asosida










