France Football jurnali 2018 yilning eng yaxşi futbolçisiga topşiriladigan «Oltin töp» sovriniga kim loyiq ekanini aniqlaş maqsadida, muxlislar orasida sörovnoma ötkazdi.

Uning natijasiga köra, «Barselona» hujumçisi Lionel Messi 48% ovoz töplab, eng yaqin ta'qibçisi, «Liverpul» hujumçisi Muhammad Salohni (31%) katta farq bilan orqada qoldirdi. Uçinçi örin «Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronalduga nasib qildi - 8%.

Foto: Getty Images

FIFA tomonidan yilning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan «Real» yarimhimoyaçisi Luka Modriç atigi 2% ovoz töpladi.

Sörovnomada 700 mingdan ortiq öquvçi iştirok etdi.