Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr energiyasi va gaz uchun xato o‘tkazilgan mablag‘larni hisob-kitob qilish qanday amalga oshiriladi?
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining qarori bilan respublika iste'molchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushgan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablag‘larni hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimchalar kiritildi.
Respublika iste'molchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablag‘larni hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan qo‘shimchalar:
6-bandda “qayta hisob-kitob qilinadi” degan so‘zlardan keyin “yoki o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladi” degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.
Quyidagi mazmundagi 6-1 va 6-2-bandlar bilan to‘ldirildi:
“6-1. Ortiqcha (xato) o‘tkazilgan mablag‘larning o‘zaro hisob-kitob qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Iste'molchilar, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun ortiqcha (xato) o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarish yuzasidan “O‘zbekenergo” AJ yoki “O‘ztransgaz" AJga hamda uning hududiy bo‘linmalariga yozma yoki elektron shaklda (“O‘zbekenergo” AJ yoki “O‘ztransgaz” AJning rasmiy veb-sayti) ariza bilan murojaat qiladi.
Iste'molchilarning mazkur arizasiga asosan “O‘zbekenergo” AJ yoki “O‘ztransgaz” AJning hududiy bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘limi tomonidan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun ortiqcha (xato) to‘langan mablag‘larni qaytarish to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi hamda mazkur bo‘linmalarning rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan imzolanadi.
Ortiqcha (xato) to‘langan mablag‘larni qaytari to‘g‘risida dalolatnoma ikki ish kuni ichida “O‘zbekenergo” AJ yoki “O‘ztransgaz” AJga taqdim etiladi.
Hududiy bo‘linmalar tomonidan taqdim etilgan dalolatnomalar asosida, bir ish kuni ichida “O‘zbekenergo” AJ yoki “O‘ztransgaz” AJ tomonidan iste'molchilarning ortiqcha (xato) to‘langan pul mablag‘larini qaytarish to‘g‘risidagi dalolatnomalar ro‘yxati tuziladi va mazkur ro‘yxat Jamg‘armaga taqdim qilinadi.
Jamg‘arma, taqdim etilgan ro‘yxat asosida ikki ish kuni davomida “O‘zbekenergo" AJ hududiy bo‘linmalarining maxsus hisobvarag‘iga (22604) yoki “O‘ztransgaz” AJning asosiy hisobvarag‘iga (20210) mazkur Nizomning 6-2-bandida keltirilgan formulaga muvofiq hisob-kitob qilib, ortiqcha (xato) to‘langan mablag‘larni qaytaradi.
“O‘zbekenergo” AJ yoki “O‘ztransgaz” AJ bir ish kuni davomida Jamg‘arma tomonidan qaytarilgan mablag‘larga ortiqcha (xato) to‘langan mablag‘larning qolgan qismini qo‘shgan holda (dalolatnomada ko‘rsatilgan mablag‘) iste'molchilarning hisobvarag‘lariga o‘tkazib beradi.
“O‘zbekenergo” AJ yoki “O‘ztransgaz” AJ va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan ortiqcha (xato) to‘langan mablag‘lar iste'molchilarning hisobvarag‘iga qaytarishda banklar tomonidan xizmat haqi undirilmaydi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:17 / 01.06.2026
Elektr energiyasiga talab oshib bormoqda: dunyo reytingi taqdim etildi
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026