
KXDR – Özbekiston örtoqlik uçraşuvi oldidan taşkil etilgan matbuot anjumanining ikkinçi qismida mehmonlar murabbiyi Kim Yong Jun va hujumçi Jong Il Gvan iştirok etdi.
«Ertangi bahs Osiyo kubogiga tayyorgarlik doirasidagi ilk öyin böladi. Terma jamoamiz bu yil hisobidan faqat bitta uçraşuv ötkazdi – mart oyida Osiyo çempionati saralaşi öyinida Hongkongga qarşi maydonga tuşgan edik.
Yil davomida kam öyin ötkazganimizning sababi – futbolçilar öz klublarida ham xalqaro darajada yetarliça öyin amaliyotiga ega bölişyapti. Klublarimiz OFK kubogida iştirok etişdi. Qolaversa, noyabr oyida bölib ötadigan Şarqiy Osiyo kubogi ham bor.
Raqibni imkon qadar örganişga harakat qildik. Özbekiston termasining FIFA reytingidagi örni bizdan ança yuqori. Bu jamoa bilan oxirgi ikki öyinimiz Jahon çempionati saralaşi doirasida bölgan edi. Öşanda öz maydonimizda ğalaba qozonib, Toşkentda mağlubiyatga uçragan edik.
Natijani muhim emas, deya olmayman. Çunki u jamoa ruhiyatiga ta'sir körsatadi. Ertangi ğalaba Osiyo kubogini yaxşi kayfiyatda boşlaşimizga yordam berişi mumkin.
Osiyo çempionatida qit'amizning eng kuçli jamoalari qatnaşadi. Biz öz imkoniyatimizni çamalagan holda çorak finalga çiqişni öz oldimizga maqsad qilib qöyganmiz», - deya fikr bildirdi Kim Yong Jun.
KXDR terma jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurar, Şveytsariya Superligasining «Lyutsern» klubi a'zosi Jong Il Gvan öyin oldi fikrlari va qanday qilib Yevropa klubiga ötişni uddalagani haqida gapirib ötdi.
«Jamoamiz nomidan şuni ta'kidlay olamanki, oldindagi bahsda biz yakdil jamoa sifatida imkon qadar yaxşi öyin körsatişga harakat qilamiz.
Şveytsariya klubiga yöl olişim terma jamoada körsatgan öyinlarim bilan boğliq. Men turli yoşdagi termalarda töp surib keldim. Ötgan yili dekabrda Yaponiyada bölib ötgan Şarqiy Osiyo çempionatida uçta gol kiritganimdan söng bu klubdan taklif oldim. Menimça, şveysariyaliklar şu öyindan keyin menga qiziqib qolişgan», - deya ta'kidladi Jong Il Gvan.
Ma'lumot uçun, 25 yoşli uşbu hujumçi 2010 yilda OFK tomonidan Osiyoda yilning eng yaxşi yoş futbolçisi deya e'tirof etilgan. U Şarqiy Osiyo çempionatining saralaş va final bosqiçlarida 3 ta gol urgan. Xususan, KXDRning sönggi öyini – mart oyidagi Hongkongga qarşi bahsda jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan edi. Umuman, uning terma jamoadagi gollari soni 18 tani taşkil etadi.













