Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 9 oy davomida YTH oqibatida necha kishi halok bo‘lgani aytildi
Haydovchi va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli 2018 yilning o‘tgan 9 oyi davomida 6236ta yo‘l-transport hodisasi yuz berdi va unda 1 607 nafar inson halok bo‘lib, 5 864 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu raqamlarni 2017 yilning mos davri bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, bugunga kelib yo‘l-transport hodisalarining yuz berishi va unda jabr ko‘rgan insonlar soni kamayishiga erishilgan.
Ammo bu natijalar bugungi kun talablariga to‘liq monand deya olmaymiz, chunki hali sohada bajarilishi lozim bo‘lgan ko‘plab vazifalar bor. Ulardan biri bolalar ishtirokidagi avtohalokatlarning to‘liq oldini olishdir. Chunki, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida birgina bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari 968 tani tashkil etgan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
14:18 / 08.07.2026
Toshkentda yirik kiberjinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi
12:35 / 08.07.2026