Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyartoning ma'lum qilişiça, Ukrainaning karpatorti vengrlariga nisbatan siyosati «qörqinçli darajaga» yetib keldi. Vengriya Taşqi işlar vazirligi rahbarining bayonoti uşbu davlat hukumati saytida e'lon qilingan.

Xususan, Siyyarto Ukraina hukumatining Karpatortidagi harakatlarini tanqid qildi. Ular, taşqi işlar vazirining fikriça, mintaqa milliy tarkibini özgartirişga qaratilgan. Şuningdek, taşqi işlar vazirining ma'lum qilişiça, Oliy rada «ekstremistlar bilan til biriktirgan».

Taşqi işlar vazirligi rahbarining ta'kidlaşiça, Ukraina hududida istiqomat qilayotgan vengrlar Budapeştdan yordam kutişi mumkin. Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Davlat departamenti va NATO boş kotibi örinbosari bilan vaziyatni muhokama qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Peter Siyyarto Ukraina öz qöşinlarini Vengriya bilan çegaraga köçiriş niyatida ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirgandi. Uning ma'lum qilişiça, mamlakat uşbu ma'lumot tarqalgani tufayli biroz tuşunarsiz holatda turibdi.