6 oktabr kuni Indoneziyaning Jakarta şahrida start olgan III yozgi Paraosiyo öyinlari bugun öz nihoyasiga yetdi. Sönggi kunga belgilangan törtta sport turi böyiça bahslar yakunlandi va ayni paytda yopiliş marosimi bölib ötmoqda.

Özbekiston delegatsiyasi musobaqada 54 nafar sportçi bilan iştirok etib, 77 ta medal (35 ta oltin, 24 ta kumuş va 18 ta bronza) jamğardi va musobaqa tarixidagi eng yaxşi natijasiga erişdi.

Özbekiston paraatletlarining xalqaro maydondagi natijalari:

  • I Paraosiyo öyinlari, Guançjou-2010: 21 sportçidan 6 ta medal (1+2+3)
  • XIV Paralimpiya öyinlari, London-2012: 10 sportçidan 1 ta medal (kumuş)
  • II Paraosiyo öyinlari, Inçeon-2014: 27 sportçidan 31 ta medal (22+5+4)
  • XV Paralimpiya öyinlari, Rio-2016: 32 sportçidan 31 ta medal (8+6+17)
  • III Paraosiyo öyinlari, Jakarta-2018: 54 sportçidan 77 ta medal (35+24+18)
Foto: Milliy olimpiya qömitasi

Qayd etiş joiz, Özbekiston delegatsiyasini Jakarta-2018ning eng sermahsul jamoasi böldi, deyiş mumkin. Negaki, musobaqada kuçli önlikka kirgan mamlakatlar orasida aynan Özbekiston terma jamoasi eng kam sportçi bilan iştirok etdi. Xususan, Xitoy – 232, Janubiy Koreya – 201, Eron – 210, Yaponiya – 303, Özbekiston – 54, Indoneziya – 295, Tailand – 237, Malayziya – 139, Hindiston – 193, Hongkong – 100 nafar atlet bilan taşrif buyurgan edi.

Özbekiston terma jamoasi vakillari beşta sport turida musobaqalarda qatnaşib, ularning törttasida (suziş, yengil atletika, dzyudo, pauerlifting) medallar jamğarişdi. Faqat öq otiş böyiça bahslar bundan mustasno. Eng köp sovrin suziş böyiça bahslarda qölga kiritildi.

Suziş terma jamoasining ikki vakilasi - Fotima Omilova va Şohsanamxon Toşpölatova