Rio-de-Janeyro şahrida boşlangan Paralimpiadaning ilk kunida Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 3taga yetdi.
Yengil atletikaning disk uloqtiriş bahslarida (F37) iştirok etgan Husniddin Norbekov ilk urinişda diskni 54,46 metrga uloqtirib, özining şaxsiy rekordini yangilagan bölsa, ikkinçi urinişda 59,75 metr masofani qayd etib, jahon rekordini yangiladi.
Şu tariqa, u nafaqat paralimpiya öyinlari ğolibligini qölga kiritdi, balki uşbu yönalişda jahon va olimpiya rekordlarini yangiladi.
Musobaqada 12 nafar sportçi iştirok etdi. Dastlabki 3ta urinişdan keyin 4 nafar sportçi iştirokini töxtatdi va 8 nafar sportçi 3 martadan urinişni amalga oşirişdi.
Kumuş medal sohibiga aylangan litvalik Mindaugas Bilius 53,40 metr natijani qayd etdi. Bronza medal olgan xitoylik Xia Dong esa diskni 52,15 metr masofaga uloqtirgandi.












