Rio-de-Janeyro şahrida davom etayotgan Paralimpiada öyinlarining törtinçi kuni ham Özbekiston vakillari uçun muvaffaqiyatli keçdi.
Şu kuni Özbekiston delegatsiyasi hisobi 2ta oltin medal bilan boyidi.
Suzuvçilar jamoasi vakili Fotima Omilova 100 metrga brass usulida suziş musobaqasida 1:12.45 soniyalik natija körsatdi va marraga birinçi bölib keldi. U Paralimpiada çempionligiga erişiş bilan birga, jahon rekordini yangiladi.

Bu Fotimaxon Omilovaning Rio-2016 paralimpiya öyinlarida uçinçi medali böldi. Bungaça u 200 metrga kompleks uslubda suzişda kumuş, 100 metrga batterflyay uslubda suzişda bronza medallariga sazovor bölgandi.
Erkaklar örtasida bellaşuvlarda esa Firdavs Musabekov oltin medal bilan taqdirlandi. 1:04.94 soniyalik natija körsatgan Musabekov ukrainalik sportçi Aleksey Fedina bilan bir xilda natija qayd etdi.

Natijada har ikki sportçiga oltin medallar topşirildi. Şu paytgaça Rio-2016 paralimpiadasi 2ta oltinga ega çiqqan belaruslik Ixar Boki "bronza"ni qölga kiritdi.

Şu tariqa, Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 6taga yetdi. Özbekiston hisobida jami 21ta medal bor (6ta oltin, 4ta kumuş va 11ta bronza).
Özbekiston medallar hisobi böyiça reytingda 6-örinni band etib turibdi.

Bu borada özbekistonlik sportçilar mezbon Braziliyadan keyingi örindan joy olgan. Braziliyada ham oltinlar soni 6 ta, biroq kumuş medallar Özbekistonnikiga qaraganda 7 taga köproq.
Kuçli uçlik özgarişsiz qoldi: Xitoy, Buyuk Britaniya, Ukraina. AQŞ delegatsiyasi kuçli törtlikdan joy olgan.












