13 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatga amaliy taşrif buyurgan Iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining Rossiya tomoni raisi örinbosari, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Oreşkinni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari mehmonni Özbekistonga taşrifi bilan qutlar ekan, mamlakatlar örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotganini çuqur mamnuniyat bilan ta'kidlab ötdi.

Yuqori darajadagi muntazam aloqalar ikki tomonlama muloqotni misli körilmagan darajada kuçaytirişga turtki berdi. Ötgan yil mobaynida yuqori darajada delegatsiyalarning 80dan ziyod özaro taşriflari amalga oşirildi. Sentyabr oyida hukumatlar rahbarlari raisligida Hukumatlararo komissiya majlisi muvaffaqiyatli ötdi. Sönggi oylarda respublika hududlari Rossiya Federatsiyasining 28 mintaqasi bilan hamkorlikni yölga qöydi.

Yil boşidan buyon tovar aylanmasi 20 foizdan ziyodga oşdi. Talab qilinayotgan mahsulotlarni özaro yetkazib berişni oşiriş, infratuzilmani rivojlantiriş, hamkorlikni mustahkamlaş va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli sarmoyaviy loyihalarni amalga oşiriş masalalari işlab çiqilmoqda.

Yaqin kunlarda ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk marotaba Toşkentda Özbekiston va Rossiya mintaqalari, şuningdek, oliy öquv yurtlari rektorlari forumi bölib ötadi. Ularning işida mintaqalar, kompaniyalar va korxonalar rahbarlari va ikki mamlakat yetakçi oliy öquv yurtlari vakillari iştirok etişi rejalaştirilgan.

Uçraşuvda Rossiya Federatsiyasi prezidentining Özbekiston Respublikasiga rejalaştirilayotgan davlat taşrifining iqtisodiy kun tartibi masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Iqtisodiy rivojlaniş vaziri qabul uçun davlat rahbariga samimiy minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va boş vazir Dmitriy Medvedevning ezgu tilaklarini yetkazdi.