Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilişiça, AQŞ Erondagi qonuniy hukumatni almaştirişni istaydi.

«Tizim legitimligini qisqartiriş - ularning yakuniy maqsadidir.  Ular qanday qilib rejimdan xalos bölişadi? Legitimlikni kamaytiriş vositalaridan foydalanişadi, aks holda rejimni özgartira olişmaydi», deya Ruhoniyning sözlarini keltirgan Reuters agentligi.

Ruhoniyning sözlariga köra, AQŞ uruş keltirib çiqarişning psixologik va iqtisodiy usullarini qöllaydi hamda Islom Respublikasi legitimligini söroq ostida qoldiriş va buning evaziga mamlakatda hukumatni almaştirişni közlaydi.

AQŞ va Eron munosabatlari Donald Tramp hokimiyatga kelişi ortidan yomonlaşdi. Oq uy rahbari bir neça marta rasmiy Tehronni xalqaro terrorizmni qöllab-quvvatlaş va mintaqadagi vaziyatni izdan çiqarişga urinişda aybladi. Şu yilning mayida Tramp rasmiy Vaşington Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqqanini ma'lum qilgandi. Bu orqali Qöşma ştatlar Eronga nisbatan sanksiyalarni tiklay boşladi.