Bezorilik uçun hibsga olingan rossiyalik futbolçilar Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev «Butyrka» tergov izolyatorida maşqlar ötkazişlari uçun ruxsat berilişini sörab ariza yozadi. Bu haqda TASS axborot agentligi Moskva Jamoatçilik kuzatuvi komissiyasi mas'ul kotibi Ivan Melnikovga asoslanib xabar bermoqda.

Futbolçilar hamda Kokorinning ukasi Kirill Moskva şahridagi 2-sonli tergov izolyatori karantin kameralarida saqlanmoqda. Melnikovning aytişiça, ular oddiy kameraga köçirilgaç, maşğulot zaliga kirişlariga ruxsat berilişini söraşmoqçi.

«Butyrka» tergov izolyatoriga taşrif vaqtida Jamoatçilik kuzatuvi komissiyasi Kokorin va Mamayevga bu yerda sport trenajyorlari bilan jihozlangan xonalar mavjudligi, u yerda soatiga 400 rubldan tölab, şuğullaniş mumkinligi, faqat buning uçun izolyator rahbaridan ruxsat oliş lozimligi haqida aytişgan. Futbolçilar karantin kamerasidan oddiy kameraga köçirilgaç, rahbariyatga maşğulotlar uçun maxsus xonalaridan foydalaniş böyiça murojaat qilişmoqçi», degan u. Futbolçilar köp bilan 10 kun davomida karantin xonasida bölişadi.

Melnikovning aniqlik kiritişiça, gap tölaqonli maşğulot zalida ketmayapti. Bu xonalar maydoni taxminan 30 kv m hajmga ega bölib, u yerdagi jihozlar eskirgan. Lekin bu yerda futbolçilar muşaklarini çiniqtirişi, yuguriş yölakçasidan foydalanişi va haftasiga bir martadan köproq çömilişlari mumkin.

Moskvadagi Tver sudi ötgan hafta örtasida «Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin hamda «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayevni, şuningdek, Kokorinning ukasi Kirill Kokorinni 2 oy muddatga hibsga oliş haqida qaror qabul qildi. 

8 oktabr kuni ular Moskva markazida ikkita janjalli voqea iştirokçilari bölişgandi. Ular avvaliga Brest köçasida «Perviy kanal» boşlovçisi Olga Uşakovaning haydovçisini kaltaklaşgandi. Keyinroq Nikita bulvaridagi kafeda Savdo va sanoat vazirligi amaldori Denis Pakka hujum qilişgan. Moskva şahri politsiyasi ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kaltaklaş) va 213-moddasining 2-qismi (Oldindan kelişilgan holda bezorilik) böyiça jinoiy iş oçgan.

Ayblanuvçilarga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.