Kelajakka nazar taşlaşni va kelgusida qanday kasblar paydo bölişi mumkinligini bilmoqçimisiz? U holda ilgari IBM injyeneri bölgan va hozirda Da Vinçi instituti ijroçi direktori bölgan Tomas Frey tuzgan röyxat bilan tanişing.
Dronlar dispetçeri (Drone Dispatcher) — dronlar mahsulot, suv va taom taşiydi, hududni va suv havzalarini çiqindilardan tozalaydi, atrof-muhitni kuzatadi. Dronlarning iş faoliyati kengaygani sari ularni boşqaruvçi dispetçerlarga bölgan talab oşadi.
Kvant hisob-kitoblar bilan şuğullanuvçi (Brain Quants) — birja savdolari uçun murakkab matematik uslublardan foydalanuvçi mutaxassis.
Gravitatsiyani yenguvçi (Gravity Puller) — gravitatsiyaga ta'sir qiluvçi kodni buzuvçi dastlabki kişilar.
Vaqt xakeri (Time Hacker) — umr köriş davomiyligini boşqaruvçilar.
Vaqt brokeri (Time Broker) — vaqt bilan savdo qiluvçi bankir.
Tabiat injyeneri (Tree-Jacker) — ösimlik va daraxtlarni özgartiriş bilan şuğullanuvçi mutaxassis. U dasturlangan daraxtlar yaratiş, ularning barglari, şakli, mevasi va rangini özi istagan körinişga keltiriş bilan şuğullanadi.
Biolog-psixolog (Plant Psychologist) — tabiat injyenerlarining faoliyati keltirişi mumkin bölgan zararni kamaytiriş bilan şuğullanadi.
Jonivorlarni klonlaştiruvçi (Extinction Revivalist) — yöqolib ketgan jonivorlarni qayta tiriltiriş böyiça mutaxassis.
Klonlaştiriş böyiça fermer (Clone Rancher) — kelajakda odamlar xuddi uy jonivorlari singari fermalarda köpaytiriladi.
Tana qismlarini işlab çiqaruvçi (Body Part & Limb Maker) — inson organlarini yaratiş bilan şuğullanadi.
Ösimliklar tarbiyaçisi (Plant Educator) — «aqlli» ösimliklar talabga qarab özgaradi.
Lab dizayneri (Lip Designer) — labni istalgan şaklga keltiruvçi mutaxassis.












