Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya va AQSh kompaniyalari kichik atom elektr stansiyalari qurish bilan shug‘ullanadi
Yaponiyaning Hitachi kompaniyasi AQShning General Electric kompaniyasi bilan birga quvvati 300 ming kVtgacha yetadigan, hozirgilaridan bir necha marotaba arzon va xavfsizroq bo‘ladigan kichik atom elektr stansiyalari qurish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyalar bunday mini-AESlarni xaridorlarga 2030-yillardan boshlab taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Ikki kompaniya bu muammo bilan mustaqil ravishda anchadan beri shug‘ullanib kelgani sababli, ular dastlab bu sohadagi o‘zaro ma'lumotlar bilan bo‘lishishadi.
Mini-AESlar an'anaviy atom stansiyalaridan taxminan 10 marta arzonroq turishi ko‘zda tutilmoqda. Ularni energiyaning arzon manbasi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanoat majmualarida xavfsizlik darajasini oshirish uchun yer ostida joylashtirish mumkin bo‘ladi.
Bunday qurilmalarning taklif qilinishi bugungi kunda AESlardan voz kechish tendensiyasini yengib o‘tishda yordam berishi ko‘zda tutilmoqda. Nikkei yapon nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda dunyo bo‘yicha atom energetikasiga investitsiyalar 2016 yildagiga nisbatan 45 foizga kamayib ketgan.
Mavzuga oid
23:19 / 27.09.2023
O‘zbekiston Amerikaning General Electric kompaniyasi bilan 60 mln dollarlik shartnoma imzoladi
13:34 / 20.06.2023
General Electric Rossiyada gaz turbinalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
09:44 / 24.10.2022
O‘zbekiston va General Electric IESlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
19:13 / 04.05.2020