14:01 / 15.10.2018
12140

Mourino qishda «Manchester Yunayted»ni 4 futbolchi bilan kuchaytirmoqchi

Foto: globallookpress

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino qishki transferlar chog‘ida jamoaga taklif etishni ko‘zlagan futbolchilari ro‘yxatini tuzib olgan.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, portugaliyalik murabbiy nishonida serbiyalik himoyachi Nikola Milenkovich («Fiorentina»), xorvatiyalik yarimhimoyachi Ivan Perishich («Inter») va serbiyalik hujumchi Sergey Milinkovich-Savich («Latsio»), shuningdek, xorvatiyalik hujumchi Ante Rebich («Ayntraxt») o‘rin olgan. Mourino «Manchester Yunayted»ni katta xaridlarga ko‘ndirishi qolgan.

Bundan avvalroq, Milenkovichning transferi uchun mankunianliklar jamoasi «Fiorentina»ga 60 mln yevro to‘lashga roziligi to‘g‘risida xabar tarqalgandi.

«Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasining 8 turidan keyin turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.

Top