Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga taşrifi doirasida biznes sohasida 20 mlrd dollar atrofidagi bitim va şartnomalar imzolanişi kutilmoqda. Bu haqda hukumat vakili ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, Rossiya ilk bor juda katta tarkibli delegatsiyadan iborat bölgan holda Özbekistonga taşrif buyurmoqda. Hukumat amaldorlari, yirik biznes vakillaridan taşkil topgan delegatsiya a'zolari 800dan ortiq. Şu vaqtgaça, Özbekistonga kelgan Rossiya delegatsiyasi soni 200 kişi atrofida bölgan.
Bundan taşqari, Rossiyaning 70dan ortiq nufuzli oliy öquv yurtlari rektorlari ham kelişadi va Özbekistonda ilk bor “Rektorlar forumi” ötkaziladi. Unda Özbekiston va Rossiya oliy öquv yurtlari örtasida hamkorlik masalalari ham muhokama etiladi.
Qayd etilganidek, taşrifni Rossiya OAVning 200dan ortiq jurnalistlari yoritadi. Buning uçun barça şaroitlar muhayyo etiladi.












