Samarqand viloyatining Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov «Quşçinor» gazetasi orqali tuman aholisiga murojaat qildi.

«Bugun xotin-qizlarning xorijda işlaşi degan balo boşimizga soya solyaptiki, uning ortidan qança-qança muammolar, dilxiraliklar kelib çiqmoqda. Ba'zi oriyatsiz erkaklar ayollarini çetga işlaşga jönatib, özlari uy «sohibasi» bölib ötirişibdi. Toğni ursa talqon qilgulik kuçga ega notavonlar xotini yuboradigan pulga köz tikib ötirişibdi. Ayting, ularning oilasi oldidagi burçi, or-nomusi, ğururi qayerda qoldi?! Nahotki, bunday tubanlik bizga yaraşsa?!  Çet elda yaşab, işlab yurgan opa-singillarimiz, u yerdagi yengil-yelpi hayotga uçib, oilasidan, bolalaridan voz keçib ketiş holatlarini qanday izohlaymiz? Xonadonning fariştasi bölişga munosib onalarimizning beşikdagi emizikli gödagini taşlab, boylik izlab yurişi fojia emasmi? Buning natijasida oilaviy ajrimlar soni ortib, xonadonlar bekasiz, farzandlar qarovsiz qolmoqda», - deydi hokim.

Statistik ma'lumotlarga köra, joriy yilning 9 oyi davomida tumanda er-xotin örtasidagi ajrimlar soni 181taga yetgan. Şuningdek, hozirgi kunda 4650 nafar xotin-qizlar işlaş maqsadida ketgan bölib, şundan 1851 nafari - Turkiya davlatida, 1307 nafari - Rossiya federatsiyasida, 230 nafari - Isroilda, 195 nafari - Koreyada.

«Yana bir oğriqli muammo borki, bundan aslo köz yumib bölmaydi. Bu töy-ma'rakalarimizdagi ortiqça dabdababozlikdir. Oilaviy nizolar, ajrimlar, qarindoş-uruğ, quda-andalarning yuz körmas bölişiga olib kelayotgan bu illatning tomir otişiga ma'raka va marosimlarda yangiça urf-odatlarni joriy etiş, ortiqça sarpo-suruqlar qiliş, ayniqsa, bölajak kelinlarimiz kuyovning uyiga qimmatbaho mebel-u, jihozlar bilan borişi sabab bölmayaptimi?!» - deya ta'kidlab ötdi tuman hokimi.