14 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov raisligida bölib ötgan selektor davomida Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Inomoviç Ibragimovga hayfsan berilgan. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, viloyat rahbari 2018 yilgi paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarini öta sust taşkil etgani va mas'uliyatsizlikka yöl qöygani uçun ogohlantirilgan.

Şuningdek, yiğiliş vaqtida Toşkent viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği, podpolkovnik Abdumalik Abduqodiroviç Allamurodov işdan olingan. U şu yilning yanvaridan buyon viloyat IIB boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.

Abdumalik Allamurodov IIV Akademiyasi bitiruvçilarini taqdirlamoqda
Foto: IIB matbuot xizmati

Ğulomjon Ibragimov viloyat rahbari lavozimida 2017 yilning oktabrida paxta hosilini qöşib yozgani uçun işdan olingan Şukrullo Boboyev örnida iş boşlagandi. U 2018 yilning yanvarida Toşkent viloyati hokimi lavozimiga rasman tayinlangan.

Bundan avvalroq Şavkat Mirziyoyevning 12 oktabr kungi taşrifidan keyin Toşkent viloyatining 5 ta tumani hokimlari maoşdan mahrum qilingani haqida xabar berilgandi.