Xitoy saylovlarga aralaşiş jihatidan Rossiyaga qaraganda AQŞga köproq jiddiy tahdid solmoqda. Bu haqda Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi, u yakşanba kuni efirga töliq uzatildi.
«Rossiya aralaşdi, ammo menimça, Xitoy ham aralaşdi», - dedi u, Rossiya 2016 yilda AQŞda bölib ötgan prezident saylovlariga aralaşganiga işonişi borasida berilgan savolga javob qaytarib. «Menimça, Xitoy undan ham jiddiyroq muammodir», - deya aniqlik kiritdi u.
Avvalroq, Nyu-Yorkdagi matbuot anjumanida AQŞ prezidenti Donald Tramp Qöşma Ştatlarda Xitoyning Amerika saylov jarayoniga aralaşişga urinişini tasdiqlovçi dalillar borligini aytdi. Uning fikriga köra, Xitoy noyabr oyida bölib ötadigan Kongressga oraliq saylovlarga ta'sir ötkazişga urinmoqda va respublikaçilarning ğalabasiga tösqinlik qilib, AQŞ amaldagi ma'muriyatining savdo siyosatini töxtatmoqçi. Xitoy taşqi işlar vaziri Van I bu bayonotlarni inkor etib, Pekin doimo boşqa davlatlarning işlariga aralaşmaslik tamoyiliga hurmat bilan qarab kelganini ta'kidladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Xitoy böyiça yana bir qaror qabul qilgandi.












