Özbekiston va Rossiya bu hafta SSSR parçalanib ketganidan keyin töxtatilgan «Suffa» noyob radioteleskopi qurilişi böyiça «yöl xaritasi»ni imzolaydi.
«Observatoriya qurilişining yakunlanişi 4 milliard rublga baholanmoqda. Ikki yillik loyiha yöl xaritasi işlab çiqildi. U Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti Aleksandr Sergeyev va Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yöldoşev tomonidan 18-19 oktabr kunlari Toşkentda bölib ötadigan ikki davlat yetakçilarining uçraşuvi vaqtida imzolanişi rejalaştirilgan», - dedi Özbekiston Fanlar akademiyasining RT-70 Radioobservatoriyasi direktori Gennadiy Şanin «Izvestiya» naşriga.
Hujjatga köra, ikki yil mobaynida «Suffa»ni xalqaro huquq sub'yekti sifatida röyxatdan ötkaziş, texnik-iqtisodiy asosni işlab çiqiş va qayta tiklaşni amalga oşiriş zarur. Keyin qurilişni yakunlaş uçun yana uç yil kerak böladi.
Naşr ma'lumotlariga köra, birinçi kuzatuvlar olimlar tomonidan 2023-2028 yillarda ötkazilişi möljallangan.











