2018 yilgi paxta terimi mavsumida sustkaşlikka yöl qöygani, paxta terimiga yetarli miqdorda terimçilar jalb eta olmagani uçun respublika böylab 10ta tuman va şahar hokimlari işdan böşatilişi mumkin. 

«Kun.uz» manbasi xabar berişiça, 14 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov raisligida bölib ötgan paxta yiğim-terimiga bağişlangan selektor yiğilişda viloyat hokimlariga 15 oktabr kunigaça 10 nafar hokim böyiça taqdimnoma kiritiş topşiriq qilingan.

Ya'ni, bu hokimlar yiğiliş vaqtida töğridan-töğri işdan olinmagan, viloyat hokimlari ular töğrisida taqdimnoma kiritgaç, işdan ketişi mumkin.

Manbaning ma'lum qilişiça, işini yöqotişi xavfi ostida qolgan hokimlardan biri Angren şahri hokimi Hakimjon Abdulazizovdir. Özbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining sobiq örinbosari hisoblangan Abdulazizov 2017 yilning sentabrida Angren şahri hokimiga aylangandi.

Bundan avvalroq yiğiliş vaqtida 100dan ortiq mahalliy rahbarlarga (tuman hokimlari, tuman prokurorlari, tuman IIB boşliqlari va tuman DSI boşliqlari) paxta sabab intizomiy çoralar qöllangani (ularning bir qismi işdan olingan, bir qismiga hayfsan berilgan yoki ikki oylik maoşidan mahrum etilgan) haqida xabar qilingandi.

Eslatib ötamiz, 12 oktabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatining Böka tumaniga taşrif buyurib, paxta terimini közdan keçirgandi. Prezident taşrifi davomida qator kamçiliklar aniqlangan. Ayrim davlat amaldorlarining faoliyati tanqidga uçragan.

Taşrifi yakunida viloyatdagi 5 tuman hokimi ikki oylik maoşidan mahrum qilingan.