Farhod Islomoviç Salomov Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki boşqaruvi raisining örinbosari etib tayinlandi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 13 oktabrdagi qarorida e'lon qilindi.
Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki Özbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toşkentda birlamçi jamğarma kassalar 1875 yilda taşkil etilgan. Özbekiston Respublikasi hukumatining 1995 yil 4 oktabrdagi qaroriga asosan «Özjamğarmabank» Davlat-tijorat Xalq banki etib qayta taşkil etilgan.
2015 yil 24 aprelda bank nomi “Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga özgartirilgan.
Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri Özbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan öz vaqtida ta'minlaşdan iborat.

















