Rossiya prezidenti Vladimir Putin aka-uka Kokorinlar va Pavel Mamayev tomonidan döpposlangan mulozimlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi.

Minpromtorg departamenti direktori Denis Pak «Vatan oldidagi xizmatlari uçun» ordeni, «NAMI» taşkiloti boş direktori Sergey Gaysin Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlandi.

Minpromtorg va «NAMI» prezident korteji va Aurus-41231SB «Senat» xizmat maşinasini loyihalaştiriş bilan şuğullangan edi. Unga 12 milliard rubldan ortiq mablağ sarflandi. Putin may oyida ötkazilgan inauguratsiya marosimiga ilk marotaba şu maşinada kelgan edi.

Eslatib ötamiz, 8 oktabr kuni aka-uka Kokorinlar va Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va «NAMI» taşkiloti rahbari Sergey Gaysinni döpposlaşgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa «Perviy kanal» boşlovçisi Olga Uşakovaning haydovçisiga hujum qilişgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. Bu iş yuzasidan Moskva politsiyasi 213-modda (Bezorilik) böyiça jinoyat işi oçdi va iştirokçilarni hibsga oldi. Aybdorlarga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.