2018 yilgi paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarini jadallaştiriş maqsadida har kuni muntazam ravişda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida selektor yiğilişi ötkaziladi. Bu yiğilişlarda Özbekiston prezidenti adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov hamda Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Zoir Mirzayev ham iştirok etadi.
«Kun.uz» manbasi ma'lum qilişiça, yiğilişda yomğirli kunlarda işlarni taşkil etiş çora-tadbirlari köriladi. Unga köra, joylarda har bir sektor 2tadan otryad taşkil etadi, bu otryadlar tunda paxta maydonlarida payxongarçiliklarga yöl qöyilmasligini ta'minlaşi belgilanadi.
Boş vazir raisligidagi yiğilişlarda har kunlik svodka e'lon qilinadi va natijalar tahlil qilinadi, kamçiliklar uçun intizomiy çoralar körib boriladi.
Eslatib ötamiz, 14 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov raisligida ötkazilgan selektor yiğilişi davomida paxta hosilini yiğib oliş işlarida sustkaşlikka yöl qöygani, xususan, paxta terimiga yetarliça işçi kuçi jalb eta olmagani uçun mahalliy rahbarlardan 112 nafariga nisbatan intizomiy çoralar (hayfsan, ikki oylik maoşidan mahrum etiş va mehnat şartnomasini bekor qiliş) qöllandi.
«Kun.uz» tahririyatiga kelib tuşgan 2018 yil hosilidan tayyorlangan paxta xom aşyosi töğrisidagi 15 oktabr kungi ma'lumotga köra, ayni vaqtda eng yaxşi körsatkiçni Andijon viloyati qayd etib turibdi. Andijonlik paxtakorlar bugungi kungaça davlatga 182 564 tonna paxta topşirgan va şartnomaviy rejani (240 800 tonna) 75,82 foizga bajargan.
Eng katta şartnomaviy reja Qaşqadaryo viloyati hissasiga töğri keladi - 381 300 tonna. Qaşqadaryoliklar şu kungaça 187 478 tonna xirmon qilişgan va rejani 49,17 foizga uddalaşgan.
Eng past körsatkiçlar Toşkent viloyati va Samarqand viloyatida kuzatilmoqda. Toşkent viloyatining şartnomaviy rejasi 219 600 tonna, şu kungaça davlatga 100 670 tonna paxta topşirilgan - 45,84 foiz. Bu yil 205 ming tonna paxta hosili topşirişi kerak bölgan samarqandliklar esa ikkinçi terim boşlangan bir vaqtda 88 ming 771 tonna paxta topşirişgan - 43,90 foiz.













