
Ayollar o‘z sochlariga jilo berish uchun soatlab vaqt sarflashgan bir paytda, ko‘pchilik erkaklar sochlarini alohida parvarish qilishmaydi. Ba'zi erkaklar, hattoki, bir oyda muntazam ravishda 2 marotaba sartaroshga borishga odatlanishgan. Ushbu holat bo‘yicha bugun biz bilan suhbatda bo‘luvchi moda mutaxassisi Vlad Lisovets umuman boshqacha fikrda.
- Ko‘pchilik erkaklarning fikricha, sochlar va soch turmagi erkak kishi obrazining muhim detali hisoblanmaydi. Men bu borada sizning fikringizni eshitmoqchiman.
- Tasavvur qiling-a: Ko‘rinishidan juda obro‘li odam ko‘chada ketayapti. Egnida zamonaviy Oksford ko‘ylagi, klassik uslubdagi shim va so‘nggi rusumdagi charm poyabzal. Ko‘rinib turibdiki, u yuqori martaba vakillaridan. Ammo ushbu ko‘rinishni bittagina to‘zg‘igan sochlar buzib turibdi. Umuman, erkak kishi ham sochlar parvarishiga alohida e'tibor qaratishi lozim, deb hisoblayman. Bu borada erkaklarga zamonaviy soch turmagini tanlashda yordam beradigan yaxshi sartarosh topishni maslahat berar edim.
- Vlad, soch to‘kilishi muammosiga duch kelgan erkaklarga qanday tavsiya berasiz?
- Albatta, bugungi kunda soch to‘kilishi aksariyat erkaklar uchun katta muammoga aylangan. Ko‘pchilik hollarda erkaklar 35 yoshdan keyin bu muammo bilan ro‘baro‘ bo‘lishadi, lekin ba'zi hollarda soch to‘kilishi ertaroq boshlanishini ham kuzatishimiz mumkin.
Hozirgi kunda boshdagi soch to‘kilgan joylarni yashirib turuvchi juda ham qulay usullar mavjud. Albatta, bu kabi usullardan biri erkaklar sochlari uchun soch qalinlashtiruvchi Minox Hair Magic niqobidir.

- Yangi usulga o‘xshaydi, bu preparat qanday qo‘llaniladi?














