Germaniya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Fransiyaga mağlub böldi (1:2).
Nemislar uçun bu 2018 yildagi oltinçi mağlubiyat böldi. Bu terma jamoa tarixidagi eng yomon körsatkiçdir.
Bungaça Germaniya (FRG) 1985 va 1956 yillarda 5 martadan yutqazgandi.
2018 yilda Yoaxim Lyov jamoasi örtoqlik uçraşuvlarida Braziliyaga (0:1) va Avstriyaga (1:2) yutqazdi, JÇ-2018 doirasida Meksika (0:1) va Janubiy Koreyaga mağlub bölindi (0:2), şuningdek Millatlar ligasi doirasida – Niderlandiya (0:3) va Fransiya nemislarni yengdi (1:2).
2018 yilda Germaniya faqat 3 marta ğalabaga erişib, 2 bor durang öynadi.
Bundan taşqari, nemislar 2000 yildan buyon ilk marta qatorasiga ikki rasmiy uçraşuvda yutqazdi.
Germaniya bu yilda ötkazilgan 11 öyindan faqat bittasida öz darvozasi daxlsizligini saqlay oldi. Bu keyingi 54 yildagi antirekorddir. 1964 yilda jamoa 5 öyin ötkazib, barçasida gol ötkazgandi.












