Rossiyalik yakkakuraş jangçisi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan 15 mln dollarga revanş jang ötkaziş taklifini rad etdi. Bu haqda “Sport-Ekspress” naşriga Xabibning amakisi Aleks Nurmagomedov ma'lum qilgan. 

Nurmagomedov 6 oktabrda Las-Vegasda ötgan jangda Makgregorni mağlub etib, UFC çempioni unvonini himoya qilgandi. 

Xabib va Konor örtasida revanş jang bölişi mumkinligi haqidagi savolga Xabibning amakisi rad javobini bergan. 

“Konor Xabibga qiziqmas. Xabib u bilan heç qanday pulga jang qilmaydi. Unga revanş jang taklif qilinmoqda. Uning roziligi uçun 15 mln dollar taklif qilişdi. Biroq Xabib “yöq” deb javob qildi. Konor jang qilişga navbatga tursin, boşqalar bilan urişib körsin. Xabib esa Fergyuson (Toni) bilan jang qilib, söngra faoliyatini yakunlamoqçi”, deb aytgan Aleks Nurmagomedov.