Xitoyning Huawei kompaniyasi yangi Mate 20 Pro smartfonini taqdim qildi.

Smartfonning asosiy kamerasi 40 Mpli, 20 Mpli va 8 Mpli uçta kameradan iborat. Qurilmada suv ostida suratga oliş imkoni mavjud. Old kamera 24 Mpli bölib, yuzni taniş va taomning kaloriyasini aniqlaş funksiyasiga ega.

Smartfon tez quvvatlanişni qöllab-quvvatlaydi: yarim soat içida qurilmani 70 foizga quvvatlaş mumkin. Akkumulyatori siğimi 4200 mA-soat. Şuningdek, qurilma simsiz quvvatlaşni ham qöllab-quvvatlaydi.
E'tiborlisi, smartfonning ustiga boşqa smartfon qöyilsa, u quvvatlagiç funksiyasini bajarişi mumkin.
Yangi smartfon korpusi çang va namdan himoyaga ega. Qurilmada barmoqlar izlari skaneri ekranda joylaştirilgan.
Smartfonning qolgan körsatkiçlari quyidagiça: 6,4 dyuymli 1440x3120 pikselli AMOLED-displey, Kirin 980 protsessori, 4 Gbdan 8 Gbgaça tezkor xotira, 128 Gbdan 512 Gbgaça içki xotira.
Mate 20 Pröning bazaviy versiyasi (4 Gb tezkor xotira va 128 Gb içki xotiraga ega) narxi 799 yevrodan boşlanadi. Smartfonning qimmatbaho versiyasi Mate 20RS ham taqdim qilingan. U 8 Gb tezkor xotira, 256 yoki 512 Gb içki xotiraga ega bölib, mos ravişda 1695 va 2095 yevro turadi.
Smartfonning yana bir varianti Mate 20X bölib, u öyinlar uçun möljallangan. Qurilma siğimi 5000 mA-soatni taşkil qiladigan kuçli batareyaga egaligi bilan ajralib turadi.











