Keniyadagi milliy boğlar bilan kişida hayrat uyğotiş muşkul. Bu yerda ularning soni 20 tadan ortiq va yana şunça qöriqxonalar ham bor. Biroq boşqalari orasida ajralib turadigan bitta boğ bor. Bu “Jahannam eşiklari” milliy boği bölib, uning hududida Afrika manzaralari va mahalliy xalqlar maskanlaridan taşqari dunyodagi yirik va Afrikadagi ilk geotermal stansiya joylaşgan.

Foto: TravelAsk

“Jahannam eşiklari” milliy boğiga 1984 yilda Rift-Valli provinsiyasidagi bor-yöği 68 kv. km maydonda asos solingan. Boğ Keniyaning poytaxti Nayrobidan çiqiş yölida joylaşgan. Qizil rangli qoyalardagi tor yölak va köplab qaynar buloqlar sabab ana şunday qörqinçli nomga ega bölgan. Poytaxtga yaqinligi sabab sayyohlar orasida maşhurlikka erişgan.

Foto: TravelAsk
Foto: TravelAsk

Afrika faunasiga xos bölgan hayvonlardan “Jahannam eşiklari”da quyidagi tuyoqlilarni uçratiş mumkin: zebra, kanna ohusi, Afrika buqasi va Tomson ğizoli. Savannaning şer, leopard va gepard kabi odatiy yirtqiçlari u yerda köp emas. Şuning uçun boğda nafaqat maşinada, balki velosiped va hatto piyoda harakatlaniş mumkin.

Foto: TravelAsk
Foto: TravelAsk

Boğ hududida masai qabilasining madaniy markazi joylaşgan. U sayyohlar orasida juda maşhur. Bu yerda Afrika xalqining madaniyati va turmuş tarzi bilan tanişiş, suvenirlar xarid qiliş va esdalik uçun suratga tuşiş mumkin.