Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan iste'fo berdi. U bu haqda mamlakat televideniyesi orqali çiqişida e'lon qilgan.

U navbatdan taşqari parlament saylovlari boşlanguniga qadar boş vazir vazifasini bajaruvçi hisoblanadi.

«Men iste'fo beraman (...). Barçaga saylovlarda muvaffaqiyat tilayman. Bu formal xarakterdagi iste'fo. Men boş vazir vakolatini bajarişda davom etaman. Biz saylov adolatli ötişiga kafolat beramiz», — degan Paşinyan.

Nikol Paşinyan şu yilning may oyida ommaviy namoyişlar orqali hokimiyat tepasiga kelgandi (namoyişlar mamlakatning sobiq prezidenti Serj Sargsyan boş vazirga aylanib olişi ortidan boşlangandi).

U parlament tarqatib yuborilişi va yangi saylovlar ötkazilişi uçun iste'foga çiqdi.

Paşinyanning «Fuqarolik kelişuvi» partiyasi mamlakat parlamentida 105 mandatdan atigi 5 mandatga ega hisoblanadi. Paşinyan saylovlardan keyin vaziyat özgarişiga umid qilmoqda. 

Armaniston Konstitutsiyasiga köra, boş vazir iste'foga çiqqanidan keyin mamlakat parlamenti 14 kun içida hukumatning yangi rahbarini saylaşi kerak böladi. Agar bu iş ikki urinişda amalga oşmasa, parlament tarqatib yuboriladi va navbatdan taşqari parlament saylovlari ötkaziladi.

Ayni vaqtda Armaniston parlamentining 4 fraksiyasi hukumat rahbarligi uçun nomzodlarini ilgari surmasligini ma'lum qilgan. Paşinyanning rejasiga köra, muddatidan ilgarigi parlament saylovlari dekabr oyining birinçi yarmida ötkazilişi kerak.