Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Umumiy örta ta'lim muassasalari bitiruvçilarini rağbatlantirişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining umumta'lim maktablari, şu jumladan, ixtisoslaştirilgan maktablar, ixtisoslaştirilgan san'at va madaniyat maktab-internatlari, ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda akademik litseylar bitiruvçilariga a'lo bilimi, namunali xulqi va jamoat işlaridagi faolligi uçun beriladigan oltin va kumuş medallarni ta'sis etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.
Belgilab qöyilişiça:
oltin medal umumiy örta ta'lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik töğrisidagi a'lo darajali şahodatnomasi mavjud bölgan, 10-11-sinflardagi barça fanlar böyiça oraliq, yakuniy nazoratlar böyiça hamda çoraklik va yillik baholari a'lo bölgan, namunali xulq atvorli va jamoat işlarida faollik körsatgan 11-sinf bitiruvçilariga beriladi;
kumuş medal umumiy örta ta'lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik töğrisidagi a'lo darajali şahodatnomasi mavjud bölgan, 10-11-sinflardagi barça fanlar böyiça yillik baholari a'lo bölgan, namunali xulq-atvorli ega bölgan va jamoat işlarida faollik körsatgan 11-sinf bitiruvçilariga beriladi.
Quyidagilar:
Umumiy örta ta'lim muassasalari bitiruvçilarini a'lo baholarga öqiganligi, namunali xulq-atvori va jamoat işlaridagi faolligi uçun oltin
va kumuş medal bilan taqdirlaş tartibi töğrisidagi nizom;
Umumiy örta ta'lim muassasalari bitiruvçilariga a'lo baholarga öqiganligi, namunali xulq-atvori va jamoat işlaridagi faolligi uçun beriladigan oltin va kumuş medallarning tavsifi tasdiqlanadi.
Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi:
umumiy örta ta'lim muassasalari bitiruvçilariga beriladigan oltin
va kumuş medallarga bölgan ehtiyojni aniqlaş va ularni hisobdan çiqariş muvofiqlaştirilişini;
umumiy örta ta'lim muassasalari bitiruvçilariga beriladigan oltin va kumuş medallar öquvçilarga xolislik va odillik tamoyillariga amal qilgan holda topşirilişini ta'minlaydi.











