«PSJ» Neymarni yozda qo‘yib yuborishga tayyor, «Barselona» yetakchilari uning qaytishini kutishmoqda
«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu klub futbolchilari bilan Neymarning ortga qaytarilishi masalasini muhokama qildi.
RAC 1 xabariga ko‘ra, Bartomeu 2017 yilda «PSJ»ga o‘tib ketgan futbolchini jamoa kiyim almashtirish xonasida qanday kutib olishlarini bilishni istagan.
El Mundo Deportivo ma'lumotiga ko‘ra, klub futbolchilari braziliyalik futbolchini jamoada yana ko‘rishdan xursand bo‘lishadi. «Barsa» yetakchilari u bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolishgan.
Cadena SER nashri xabariga ko‘ra, Neymar «PSJ» bilan kelasi yil yozida 220 million yevro evaziga tark etishi mumkinligi ko‘zda tutilgan kelishuvga ega. Xuddi shu kelishuv bo‘yicha u 2020 yilda 200 million yevro to‘laydigan jamoaga o‘tishi mumkin bo‘ladi. U bir yil muqaddam Parijga 220 million yevro evaziga kelgandi.
Bundan avvalroq Neymar Fransiyaga kelganidan afsusdaligi va «Barselona»ga qaytishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
16:11 / 21.08.2023
Ronaldu OChLda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Krishtianu, Neymar va Benzema qaysi o‘zbek klubiga qarshi o‘ynashi mumkin?
19:26 / 16.08.2023
Shaxsiy samolyot, xizmatchilari bilan koshona va katta maosh. Neymar nega Saudiyani tanladi?
14:23 / 16.08.2023
«PSJ» Neymarga o‘rinbosar topdi, «Bavariya» esa - Noyyerga. So‘nggi transfer xabarlari
21:23 / 15.08.2023