Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun «Valday» xalqaro munozaralar klubi işida iştirok etadi, deya ma'lum qildi RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda FAN xabar bermoqda.

Foto: kremlin.ru

Peskovning aytişiça, davlat rahbari har yili «Valday» klubi a'zolari bilan uçraşib, ularning oldida ma'ruza qiladi. Matbuot kotibining sözlariga köra, bu yil «modallik boşqaça böladi». Uning aniqlik kiritişiça, «prezidentning şunga öxşaş kiriş nutqi kutilmayapti».

Kreml vakilining qöşimça qilişiça, Putin bilan suhbat ikki qismdan iborat böladi. Ikkinçi qismda prezident munozaralar klubi iştirokçilarining savollariga javob beradi. Peskovning sözlariga köra, uçraşuv «qiziqarli böladi». Keyin Rossiya rahbari bilan suhbat norasmiy şaklda davom etadi.

Ta'kidlanişiça, keçqurun Putin Özbekistonga jönab ketadi.

«Ertaga butun kun Rossiya Federatsiyasi va Özbekiston örtasidagi munosabatlarga bağişlanadi», - deya qayd etib ötdi matbuot kotibi.

Eslatib ötamiz, 18-19 oktabr kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga taşrifi amalga oşiriladi.