Samarqand shahri kuni nishonlanmoqda. Avtobuslar yo‘lovchilarga bepul xizmat qilyapti
Bugun, 18 oktabr erta tongdan shahar ko‘chalaridagi jarchilarning karnay-surnay sadolari barchani bayramga chorladi. Asosiy tadbirlar Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi. Qur'on tilovat qilindi.
Faxriy qorovul saf tortib, harbiy orkestr jo‘rligidagi musiqa sadolari ostida viloyat va shahar jamoatchilik vakillari, ziyolilar hamda ijodkor jamoalar Sohibqiron haykali poyiga gullar qo‘yishdi.
Universitet xiyoboni, viloyat musiqali drama teatri hududlarida maktabgacha ta'lim, viloyat xalq ta'limi, kasb-hunar ta'limi muassasalari va oliy o‘quv yurtlari, yoshlar ittifoqi faollari tomonidan ko‘rgazmalar namoyish qilinmoqda.
18 oktabr - Samarqand shahri kunining ommaviy sayil tarzida o‘tishi, qolaversa, Samarqand mehmonlari va samarqandliklarga bayramga tuhfa hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston avtomobil transport agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi yo‘lovchilarga imtiyoz joriy qildi.
Bayram munosabati bilan Samarqand shahrining Registon maydonidan Universitet xiyoboni bo‘ylab viloyat musiqali drama teatrigacha bo‘lgan masofada yugurish marafoni o‘tkazilmoqda. Unda 300 nafardan ziyod keksa-yu yosh yuguruvchilar qatnashadi.
Samarqand shahri kuni tadbirlari doirasida akademik Yahyo G‘ulomov nomidagi arxeologik tadqiqotlar institutida “Zarafshon vohasi jahon sivilizatsiyasi tarixida” mavzuida respublika ilmiy seminarining 75-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Zarafshon vohasi, jumladan, Samarqand shahrining uch ming yillik tarixi, ushbu tarixdan so‘zlovchi muzeylar faoliyati, keyingi yillarda o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari, qadimiy Afrosiyob shaharchasida sinoatlari haqida ma'ruzalar o‘qilmoqda, tadqiqotlar bo‘yicha munozaralar bo‘ldi.
Yig‘ilish ishtirokchilari Afrosiyob tepaliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar davomida topilgan noyob tarixiy ashyolar Samarqandning yuqori darajadagi siyosiy, diniy va ishlab chiqarishdagi hayotini yaqqol yoritishini, sopol, shisha, tosh, metall va naqshlardan iborat boy to‘plamlar esa Samarqandning moddiy madaniyati yuksak bo‘lganini e'tirof etdi.
Samarqand shahri kuni bayram tadbirlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:25 / 29.09.2024
Samarqandda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
11:14 / 24.09.2024
Samarqandda Treker piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yubordi
19:35 / 09.09.2024
Samarqand shahridagi ko‘pqavatli uyda gaz portladi
12:56 / 05.09.2024